Kirish
Saytga a'zo bo'lish
XAMMASI SEKS VIDEO VA RASMLAR
Musofir
Onajonim, Musofirchilikning achchiq oshini ichib yurtdan uzoqda yurish bitilgan taqdirim bitiklariga ko'nib jimgina yuribman, bag'ringizdan olisda.

Bazida shodonman, bazida g'amgin, bazan toshqin soyday, bazida sokin. Lekin... lekin sizni judayam qattiq sog'inyapman... Dunyosini ham undagi odamlarini ham ko'rdim, o'sha odamlar og'zidan bol tomib maqtaydigan binolariyu, oxiri ko'rinmaydigan ummonlariga ham qadamlarim yetdi. Lekin sizsizlik oson emas ekan.

Avvalari yoningizda vaqtlarim birov dilimni og'ritsa tizzangizga bosh qo'yib qo'llaringiz sochlarimni silab o'tirgan onda dunyodagi eng baxtiyor inson edim. Ko'chadan kelib bag'ringizga otilib yuzu ko'zlaringizdan o'pgan paytim jannatiy rohatni his etardim.

Boshingizni uqalab o'tirib sochlaringizdan taralib qo'llarimga o'rnab qolgan o'sha o'xshashi yo'q iforni judayam sog'indim..

Sizning birgina erkalashingiz, birgina duoyingiz, Alloh rozi bo'lsin bolam rahmat degan so'zni aytayotgan chog'ingizda yuzingizda balqiydigan o'sha rizolik quyoshiga judayam mushtoq bo'ldim.

Ishdan qaytishingizni kutib ko'cha boshiga chiqib har bir kelayotgan mashina ichidan siymoyingizni qidirib yosh boladay turgan kunlarimni sog'indim.

Buyurgan hizmatingizni qilib qo'yganimni ko'rib, yaxshiyam sizlar borsizlar bolam og'irimni yengil qilasizlar deya quvonishingizni yana bir ko'rishga mushtoqman rosayam.

Uyda yolg'iz qolganimizda ona bola o'tirib olib soatlab sirlashardik, eh yana qachon qaytadi u kunlar???

Hozir... hozir bo'lsa sizdan judayam olislarda dunyoning bir burchagida yuribman, yuribmanu lekin sizla gaplashayotgan chog'ida sog'inchi yig'iga aylanib tomog'iga tiqilib qolganidan sizni gaplaringizni uzoq jim bo'lib eshitadigan, siz bilan gaplashib bo'lgach diydoringizni qumsab lablarini tishlab ko'zidan oqayotgan yoshlarni artib yurgan quloqsiz o'g'lingiz sizni judayam sog'indi...

Bu odamlarning so'zlari namuncha sovuq bo'lmasa, avvallari bag'ringizda his etmagan ekanman bu sovuqni, endi rosa bilinyapti. Sizni quchib, bag'rimga bosganimda sizdan taraladigan iforni rosayam qumsayapman, sizni yoningizda o'tirib yuzingizga termulishni benihoya qumsayabman...

Bu dunyo odamlari ajib ekan onam, sendan ko'rgan davomiy yaxshiliklarini birgina hatoying sabab unutishib, nomingni loyga qorib tashlasharkan.

Siz bo'lsangiz qancha quloqsizlik qilsamda, qancha beodobligimni ko'rsangizda, boshqalar oldida Bolam ana bundoq,bolam bundoq, deya aybimni yashirib maqtanib so'zlaysiz.

Onajon, Allohga behisob shukr har kun ovozingizni telefonda bo'lsada eshitish, holingizdan habardor bo'lish baxti bor. Sizni havotirga qo'ygan, sizni hafa qilgan har bir o'rin uchun, quloqsiz esi yo'q o'g'lingizni kechiring onam.

Sizni tashvishga qo'ygan har bir daqiqam uchun avf eting bu quloqsiz bolangizni. Alloh ikkimizga ham diydor qadar go'zal sabrni ehson etsin. Sizlarni meni baxtimga sog' omon qilsin. Alloh men bechoraga ham hizmatingizni qilib duoyingizni olish baxtini nasib aylasin. Sizlarni sog'inchingiz jonidan o'tgan quloqsiz musofir o'g'lingiz!!!
Fikrlar (0)
Do`stlaringiz bilan ulashing
Online: 69 (8/61)
Ro'yhatdan o'tish
Bosh sahifa
uzerotop.ru
SAYT FAQAT +18 YOSHGA TO`LGAN VA UNDAN KATTALAT UCHUN!!!
САЙТ ТОЛЬКО ДЛЯ +18 ЛЕТ ЛЮДЕЙ
SITE ONLY FOR +18 YEARS PEOPLE